Jahon kubogi. Dastlabki medalni qo‘lga kiritdik

  • 3 aprel, 21:30
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 31 martdan 5 aprelgacha Braziliyada boks bo‘yicha Jahon kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tadi.

Bugun yarim final janglari start oladi. Ushbu bosqichga 8 nafar bokschimiz etib keldi va bugun ulardan 5 nafari ringga ko‘tarilishi rejalashtirilgan.

Hozirgina -60 kg da Madiyar Daniyarov va mezbonlar vakili Luiz Oliveyra (Braziliya) jangi yakunlandi. Keskin kurashlarga boy o‘tgan bahsda bokschimiz ochkolar evaziga imkonyatni boy berib qo‘ydi va musobaqani bronza medali bilan yakunladi.

Ma’lumot uchun, oldinda bizni To‘rabek Habibullaev va Vishal (Hindiston) qarama-qarshiligi kutmoqda. Ushbu jang 2/3  aprel taxminan, soat 00:30 da (O‘zbekiston vaqti bilan) start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!