Jahon kubogi. To‘rabek Habibullaev finalga yo‘l oldi

  • 4 aprel, 00:11
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 31 martdan 5 aprelgacha Braziliyada boks bo‘yicha Jahon kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tadi.

Bugun yarim final janglari start oladi. Ushbu bosqichga 8 nafar bokschimiz etib keldi va bugun ulardan 5 nafari ringga ko‘tarilishi rejalashtirilgan.

Hozirgina -90 kg da To‘rabek Habibullaev va Hindiston vakili Vishal jangi yakunlandi. Hamyurtimizning katta ustunligida o‘tgan bahs natijada ham o‘z isbotini topdi. To‘liq davom etgan to‘qnashuvda Habibullaev hakamlarning yakdil qarori bilan g‘alaba qozondi.

Ma’lumot uchun, oldinda bizni Asilbek Jalilov va Jadumani Mandengbam (Hindiston) qarama-qarshiligi kutmoqda. Ushbu jang, 4 aprel tongida, taxminan, 04:15 da (O‘zbekiston vaqti bilan) start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!