Jahongir Ortiqxo‘jaev "Paxtakor" Osiyo Chempionlar Ligasi g‘olibiga aylanish maqsadida harakatlarini muntazam kuchaytirib borishi kerakligini aytdi

  • 21 may, 2021, 23:25
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Hukumat qarori asosida "Paxtakor" futbol klubi boshqaruvi Toshkent shahar hokimligi tasarrufiga o‘tkazildi.

Shu munosabat bilan, bugun Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jaev "Paxtakor" futbol klubi rahbariyati, asosiy jamoa va klub vakillari bilan uchrashish uchun "Paxtakor" stadioniga tashrif buyurdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Toshkent shahar hokimi "Paxtakor" jamoasi hamisha o‘zbek futboli faxri bo‘lib kelgani, bundan buyon klubda barcha sharoitlar muhayyo etilishi borasida futbolchilarga ta’kidladi. Jamoa O‘zbekistonda etakchilikni saqlab, Osiyo Chempionlar Ligasi g‘olibiga aylanish maqsadida harakatlarini muntazam kuchaytirib borishiga urg‘u berdi. Buning uchun barcha zarur sharoitlar yaratib berilishi, yosh futbolchilar va akademiyaga e’tibor qaratilishi to‘g‘risida aytib o‘tdi. Klubdagi do‘stona muhit yangi g‘alabalar va rivojlanish yo‘lida asosiy qadam bo‘lishi haqida ta’kidladi. Klubda ayni paytda faoliyat ko‘rsatayotgan rahbariyat va xodimlar ishga professional munosabatda bo‘lib, oxirgi yillarda klubni yuqori darajaga olib chiqishda faol mehnat qilayotgani va katta hajmda ishlar bajarilganini e’tirof etdi.

Uchrashuv yakunida "Paxtakor" bosh murabbiyi Piter Xyuistra va jamoa sardori Egor Krimets minnatdorchilik sifatida Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jaevga "Paxtakor"ning birinchi raqamli libosini taqdim etishdi.

photo_2021-05-21_15-14-17

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Akbarali Abdunazarov
23/05/2021 20:45
Канча пулни Пахтакор совириб юборди кейинги 4 йилда, лекин натижа йук, Ортикхужаев натижа булса пул бериши мумкин, олдинги даврлар утиб кетди энди, ешларга купрок эьтибор бериш керак, Дердийукка ухшаган уйинчиларни кераги йук бизни суперлигада!
Baxil Alihuja
22/05/2021 11:10
Энг аввало шаффофлик керак! Жоха энди футболни хам кутига тикмокчи булса керак. Узи шундок хам кириб ётибди. Баттар уткизади