Jahonning eng yaxshi chap qanot hujumchilari e’lon qilindi

  • 06.12.2024 18:33
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

FourFourTwo tahliliy internet portali hozirda jahon futbolining eng yaxshi chap qanot hujumchilari top-10 taligini e’lon qildi.

Taqdim etilgan ro‘yxatning birinchi o‘rinini “Real” futbolchisi Vinisius Junior egalladi. Ikkinchi o‘rin Evro-2024 g‘olibi Niko Uilyamsga berildi. Uchlikni “Milan” qanot hujumchisi Rafael Leau yopib berdi.

Bundan tashqari o‘nlikka Luis Dias (“Liverpul”), Rafinya (“Barselona”), Kvaratsxeliya (“Napoli”), Son Xin Min (“Tottenxem”), Gabriel Martinelli (“Arsenal”), Entoni Gordon (“Nyukasl”) va Bredli Barkola (PSJ) kabi futbolchilar kirishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!