Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Jaloliddin Masharipov Eronni "yondirmoqda"

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

Hamyurtimiz kechagi o‘yinda g‘alabani ta’minladi

Eron kubogi doirasidagi "Istiqlol" - "Mes" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va unda mezbonlar 1:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. 

Terma jamoamiz futbolchisi Jaloliddin Masharipov ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushdi va tehronliklarning yagona goliga asistlik qildi. Bundan tashqari, legionerimiz ajoyib harakatlari bilan ajralib turdi va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Ma’lumot uchun, "Istiqlol" navbatdagi o‘yinni chempionat doirasida "Gohar"ga qarshi o‘tkazadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q