
Jaloliddin Masharipov o‘tishi kutilgan klub terma jamoa futbolchisi bilan yangi bitim tuzdi (Foto)
Saudiya Arabistonining "Al-Nassr" klubi o‘z futbolchisi bilan yangi kelishuvni amalga oshirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, jamoa Saudiya Arabistoni terma jamoasi a’zosi Sami Alnaji bilan shartnomani uzaytirdi. Yarim himoyachi klub bilan yangi 3 yillik bitim tuzdi.
Bir necha kun avval, Jaloliddin Masharipov ushbu jamoa bilan shartnoma imzolash uchun jo‘nab ketgani haqida ma’lumot bergandik. Ammo oxirgi pallada muzokaralar yakuniy bosqichda to‘xtab qoldi. Bunga sabab esa, jamoaga transfer taqiqi qo‘yilgangi bilan bog‘liq, deyilgandi.
Voqealar rivojini SPORTS.uz saytida kuzatishda davom eting!
Fikrlar