Jamoasini APLga olib chiqqan murabbiy faoliyatini to‘xtatdi

  • 11.06.2026 12:54
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Ipsvich Taun" bosh murabbiyi Kiran Makkena murabbiylik faoliyatida tanaffus olishga qaror qildi va klubni tark etdi. Bu haqida jamoa matbuot xizmati ma'lum qildi.

40 yoshli mutaxassis so'nggi besh yil davomida "Ipsvich"da faoliyat yuritdi. Uning qo'l ostida jamoa Angliya Premier-ligasiga yo'l olgan, keyin esa yana quyi divizionga tushib ketgan edi. Bu gal yana kuchlilar safiga qaytdi. 

Makkena 2015–2018 yillarda "Tottenxem" tizimida, 2018–2021 yillarda esa "Manchester Yunayted" klubida murabbiy sifatida ishlagan.

Avvalroq ommaviy axborot vositalarida aynan Kiran Makkena "Fulxem"ning yangi bosh murabbiyligiga asosiy nomzod sifatida tilga olinayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Bu gap-so'zlar "Fulxem"ni portugalik mutaxassis Marku Silva tark etganidan keyin yanada kuchaydi. 

Eslatib o'tamiz, "Ipsvich" o'tgan mavsum Chempionship musobaqasini ikkinchi o'rinda yakunlab, atigi bir mavsumlik tanaffusdan so'ng yana Premier-ligaga qaytdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!