Janni Infantino JCh debutantlarini tabrikladi
FIFA prezidenti Janni Infantino o‘zining rasmiy sahifasida, O‘zbekiston milliy terma jamoasini ilk bor Jahon Chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgani haqida post qoldirdi.
"Kabo-Verde, Kyurasoa, Iordaniya va O‘zbekiston futbol tarixidagi eng yirik turnirda ilk bor ishtirok etadi. Bu oy bo‘lib o‘tadigan saralash o‘yinlaridan so‘ng debutantlar soni yanada ortishi ham mumkin. Barcha to‘rt jamoani tabriklayman.
Jahon chempionatida o‘z mamlakatingizni himoya qilish ulkan faxr. Sizlarga va muxlislaringizga ushbu tarixiy musobaqada unutilmas taassurotlar tilayman", - dedi FIFA prezidenti.
Fikrlar