Jarohatdan tuzalgan himoyachi O‘zbekiston terma jamoasiga chaqiruv oldi!
Turkiyaning “Rizespor” klubi himoyachisi Xusniddin Aliqulov O‘zbekiston milliy terma jamoasining navbatdagi uchrashuvlari uchun chaqiruv oldi. Bu haqda klubning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qilindi.
“Futbolchimiz Xusniddin Aliqulovning O‘zbekiston milliy terma jamoasiga chaqirilganidan mamnunmiz. Uni tabriklaymiz va milliy jamoa safida muvaffaqiyatlar tilaymiz”, — deyiladi xabarda.
Shu bilan birga, “Oq bo‘rilar”ning FIFA kunlari uchun qaydnomasi hali e’lon qilinmadi.
Ma’lumot uchun, vakillarimiz Dubayda bo‘lib o‘tadigan xalqaro o‘rtoqlik turnirida ishtirok etadi. Ushbu musobaqada Jahon chempionati ishtirokchilari — O‘zbekiston, Eron, Misr va Kabo-Verde terma jamoalari qatnashadi.
Fikrlar