Jastin Getji: "Iliya Topuriya o‘zining kimligi va MMA juda havfli ekanini unutdi"
Yengil vaznda amaldagi UFC chempioni Justin Getji hamyurti Demetrius Jonson bilan podkastda Iliya Topuriyaga qarshi bo‘lib o‘tgan bahs haqida gapirdi.
"Iliya o‘sha oqshom yetarlicha tayyor emasdi. Bu uning aybi. Kimdir u bilan oktagonda bunchalik uzoq tura oladi, deb o‘ylamagandi. Topuriya jangdan bir kun oldin g‘alabani nishonlab, o‘zining kimligini va bu sportning qanchalik xavfli ekanini unutdi.
Da’vogarlarga kelsak, menimcha, Arman titul imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ikkimizni to‘qnashuvimizni tomosha qilish ko‘pchilikka qiziq deb o‘ylayman", - dedi Justin.
Eslatib o‘tamiz, Getji va Topuriya qarama-qarshiligida Ispaniya vakili 4 raunddan so‘ng oktagonga chiqishdan bosh tortdi hamda g‘alaba Justinga nasib etdi.

Fikrlar