Javohir Sindorov jamoasi bilan million dollarlik musobaqada g‘alaba qozondi!

  • 12 oktabr, 2024, 23:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Shaxmat
CHERY AUTO

Joriy yilning 3-12 oktyabr kunlari London shahrida shaxmatning rapid yo‘nalishi bo‘yicha FIDE tasnifiga kiruvchi Global Chess League xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi. 

Tecno

Mukofot jamg‘armasi 1 million AQSh dollarini tashkil qiladigan ushbu musobaqada dunyoning eng kuchli shaxmatchilarini o‘zida jamlagan 6 ta jamoa ishtirok etdi. E’tiborlisi, bu jamoalarning ikkitasida hamyurtlarimiz qatnashdi. Jumladan, "PBG Alaskan Knights"  jamoasida Nodirbek Abdusattorov, "Triveni Continental Kings" jamoasida esa Javohir Sindorov dona surdi. 

Hal qiluvchi final bahsida hamyurtlarimizning jamoalari o‘zaro to‘qnashdi. Yakunda g‘oliblik va 500 ming AQSh dollari Javohir Sindorovning "Triveni Continental Kings" jamoasiga nasib etdi. Nodirbek Abdusattorovning jamoasi ikkinchi o‘rinni egalladi. 

Qayd etish lozimki, "Triveni Continental Kings" jamoasi o‘tgan 2023-yilda ham Global Chess League turnirida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan edi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!