JCh-2022 saralashi. Janubiy Koreya safarda minimal hisobda g‘alaba qozondi
Jahon Chempionati Osiyo mintaqasi "A" guruhidan o‘rin olgan Livan - Janubiy Koreya uchrashuvi yakuniga etdi. Unda mehmonlar kichik 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘yindagi yagona golni Gyu Syun Cho 45+1-daqiqada kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Mazkur natijadan so‘ng livanliklar 7 ochko bilan 4-o‘rinda qoldi.
Koreyslar esa 17 ochko jamg‘argan holda guruhda peshqadamlikni qo‘lga oldi.
Fikrlar