"JCh-2026"da tarixiy rekord o‘rnatildi
2026 yildgi jahon chempionati 173 ta gol bilan tarixda eng ko‘p gol urilgan mundial sifatida qayd etildi.
2026 yilgi jahon chempionati tarixda eng ko‘p gol urilgan mundial sifatida qayd etildi. Hozircha musobaqada jami 173 ta gol kiritildi. Bu ko‘rsatkich 2022 yil Qatarda o‘tgan jahon chempionatidagi natijadan bir golga ko‘p.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, bu safargi jahon chempionatida 48 ta terma jamoa ishtirok etmoqda. Bunday keng format ilk bor qo‘llanilmoqda va musobaqa tarixida yangi bosqich sifatida baholanmoqda.
Mundialga 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSh, Kanada va Meksika mezbonlik qilmoqda. Amaldagi jahon chempioni – Argentina terma jamoasi. Lionel Skaloni shogirdlari 2022 yilgi jahon chempionati finalida Fransiya terma jamoasini penaltilar seriyasida mag‘lub etgan holda to‘rtinchi marta jahon chempioni bo‘lishgan edi.
Izohlar (0)