Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

JCh-2026 finali Ispaniya — Argentina ko‘chirilishi mumkin

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

JCh–2026 Ispaniya – Argentina finali Kanadadagi o‘rmon yong‘inlari tufayli Nyu-Djersida o‘tkazilmasligi mumkin.

2026 yildgi jahon chempionati final bahsi o‘tkazilishi rejalashtirilgan joy o‘zgarishi mumkin. Ispaniya va Argentina terma jamoalari o‘rtasidagi hal qiluvchi o‘yin Kanadadagi o‘rmon yong‘inlari sababli ko‘chirilishi ehtimoli bor.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘inlardan ko‘tarilayotgan qalin tutun allaqachon AQShning shimoliy shtatlariga, jumladan Nyu-Djersigacha yetib kelgan. Shuning oqibatida MLS ligasidagi «Chikago Fayr» – «Vankuver Uaytkeps» uchrashuvi bekor qilindi. JCh–2026 finali Ispaniya – Argentina o‘yini 19 iyuldan 20 iyulga o‘tar kechasi Nyu-Djersi shtatidagi Ist-Raterford shahrida joylashgan MetLife Stadium arenasida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Musobaqa taqvimi o‘zgarishi ehtimoli past deb baholanyotganiga qaramay, bunday stsenariy butunlay inkor etilmayapti. FIFA vakillari ta’kidlashicha, agar havodagi ifloslanish darajasi futbolchilar va tomoshabinlar sog‘ligi uchun xavf tug‘dirsa, o‘yin o‘tkazish rejasiga tegishli o‘zgarishlar kiritilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Argentina terma jamoasi amaldagi jahon chempioni hisoblanadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q