"JCh-2026" finaliga chipta narxi 11 million dollardan oshdi

  • 14.07.2026 14:41
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Rasmiy qayta sotish maydonidagi FIFA platformasida Jahon chempionati-2026 finali uchun eng qimmat chipta narxi 11 499 998,85 dollargacha ko‘tarilgani xabar qilinmoqda, deya yozadi ABS News.

Ma’lumotlarga ko‘ra, final uchrashuviga chiptalarning eng arzon varianti 7440,50 dollardan boshlangan.

FIFA rasmiy chipta savdosini hali ham davom ettirmoqda. Juma kuni erkin savdoda final uchun ikkinchi toifaga kiruvchi 1178 ta chipta qolgan bo‘lib, ularning har biri 7380 dollardan taklif etilgan. Final uchrashuvi 19 iyul kuni AQShning Nyu-Djersi shtati, Ist-Raterford shahrida joylashgan «MetLife Stadium» arenasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, muxlislar uchun birinchi toifadagi 68 ta chipta taklif etilgan. Ularning narxi 19 995 dollardan 32 970 dollargacha bo‘lgan. Bundan tashqari, ovqatlanish va ichimliklar kiritilgan «Trophy Lounge» va «Trophy Lounge+» nomli VIP-paketlar ham sotuvga qo‘yilgan bo‘lib, ular mos ravishda 34 500 va 32 500 dollardan baholangan.

FIFA final oldidan qo‘shimcha chiptalar qanday qilib yana savdoga chiqqani bo‘yicha izoh bermadi. Avvalroq tashkilotning rasmiy saytida ushbu o‘yin uchun barcha chiptalar sotilib bo‘lingani qayd etilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!