"JCh-2026" saralashi. Turkiya kichik hisobda Ruminiyani mag‘lub etib, final bosqichiga chiqdi
Muhammadqodir Ruzmatov
Uchrashuv yakunlandi.
"JCH-2026" turniri yoʻllanmasi uchun Yevropa qitʼasida pley-off oʻyinlari boʻlib oʻtmoqda. Ushbu bosqich doirasida Turkiya oʻz uyida Ruminiyani qabul qildi. Mazkur bahsda mezbonlar kichik 1:0 hisobida gʻalaba qoʻzondi.
Uchrashuvdagi yagona golni 53-daqiqada Kadioglu kiritdi. Shu tariqa, turkiyaliklar keyingi bosqichda Slovakiya — Kosovo juftligi gʻolibi bilan kuch sinashadi.



Izohlar (0)