JCh. Shahobiddin Zoirov finalga yo‘l oldi!

  • 20.09.2019 15:17
  • 0
  • Boks

Bugun musobaqaning yarim final janglariga start berildi. Dastlabki bahsda boks ihlosmandlari hamyurtimiz Shahobiddin Zoirov (-52 kg) hamda Frantsiya vakili Billal Bennama qarama-qarshiligiga guvoh bo‘lishdi.

Biroz avval yakuniga etgan shiddatli bahsda Zoirov hakamlar xulosasiga ko‘ra g‘alaba qozondi va finalga yo‘l oldi. Uning hal qiluvchi jangdagi raqibi birozdan so‘ng aniqlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!