JCh. Zoirov finalda Amitga qarshi jang qiladi

  • 20.09.2019 15:39
  • 1
  • Boks

Ekaterinburg mezbonlik qilayotgan Boks bo‘yicha jahon chempionati ayni qizg‘in pallaga kirib bormoqda.

Bundan biroz oldin -52 kg vazn toifasida ikkinchi final jangi yakuniga etdi. Unda qozog‘istonlik Saken Bebossinov hindistonlik Amitga qarshi ringga chiqdi. Qiziqarli va tomoshabop tarzda kechgan jangda Amit hakamlar xulosasiga ko‘ra g‘alaba qozondi.

Endi hindistonlik charm qo‘lqop ustasi hal qiluvchi bahsda hamyurtimiz Shahobiddin Zoirov bilan kuch sinashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
TFT
20/09/2019 18:26
Шахобиддинга омад.Амитдан эхтиет бул,нокулай ракибга ухшийди.Олтинни бериб куйма!