"Jek Chumchuq" MMAda jang qiladimi? Raqib Ilon!

  • 27 iyul, 2020, 22:10
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

“SpaceX” bosh direktori Ilon Mask, “Karib dengizi qaroqchilari” filmidagi bosh qahramon "Jek Chumchuq" roli va yana bir qator betakror ijrolari bilan shuhrat qozongan aktyor Jonni Deppni oktagonda jang qilishga taklif qildi. Avvalroq, aktyor sobiq rafiqasi Ember Xerd bilan bo‘lgan munosabati tufayli Maskni qo‘rqitgani haqida xabar berilgandi.

"Agar, Jonniga oktagonda jang qilish kerak bo‘lsa, unga xabar bering", - deb Maskning so‘zlarini keltirgan "The Mirror".

UFCning engil vazn toifasidagi sobiq chempion Konor MakGregorning murabbiyi Jon Kavana mashhurlarning kelishmovchiligiga o‘z munosabatini bildirdi.

"Ilon senga murabbiy kerak bo‘lsa, shunchaki menga murojaat qilishing mumkin", - deb yozdi Kavana.

mask

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!