
Jermell Charlo: "Men allaqachon boks afsonasiman!"
Las-Vegasdagi boks oqshomida "Kanelo"ga imkoniyatni boy berib qo‘ygan Jermell Charlo keyingi jangida Brayan Mendoza va Tim Tszyuga qarshi ringga chiqmasligini aytdi.
"Men shunchaki rejaga amal qilaman va kimga qarshi kurashayotganimni juda yaxshi bilaman. "Kanelo" bilan jang faoliyatimdagi eng yaxshilaridan biri hamda ko‘proq pul ham ishlab olishga muvaffaq bo‘ldim.
Shuni unutmang, men allaqachon boks afsonasiman. Umid qilamanki, siz meni shon-sharaf zaliga kiritasiz. Buni aynan kim amalga oshirishini bilmayman, ammo bunga loyiqman.
Shuningdek, avstraliyalik muxlislar xohlayotganidek Mendoza va Tszyuga qarshi janglar aslo meni qanoatlantirmaydi!", dedi Charlo.
Fikrlar