Jervonta Devisning hukmronligiga chek qo‘yildi

  • 18.01.2026 11:07
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

Butunjahon boks assotsiatsiyasi uch vazn toifasida jahon chempioni Jervonta Devisga "tanaffusdagi chempion" unvonini berdi. Bu haqida "Boxing Scene" nashri ma'lum qildi. 

Ushbu qaror Devisga qarshi Florida shtatida qo'zg'atilgan yangi jinoiy ish bilan bog'liq bo'lib, u yerda unga kaltaklash, noqonuniy qamoqqa olish va sobiq qiz do'stini o'g'irlashga urinish ayblovlari qo'yilgan. Ushbu ayblovlar uning 2025 yil noyabr oyida Jeyk Pol bilan bo'lib o'tgan jangining bekor qilinishiga olib keldi.

WBA prezidenti Gilberto Mendoza bokschining yangi maqomini tasdiqladi va uning to'rt yillik chempionligiga chek qo'ydi. Assotsiatsiya Ijroiya qo'mitasi tez orada bo'sh turgan chempionlik uchun kimlar kurashishini hal qiladi. Eng yuqori reytingga ega bo'lgan ikki bokschi - Floyd Skofild va Lukas Bahdi ehtimoliy da'vogarlar hisoblanadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!