Joau Nevesh "Marsel"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi
PSJ yarim himoyachisi Joau Nevesh "Atalanta"ga qarshi kechagi (4:0) Chempionlar Ligasi bahsida sonning orqa qismida jarohat oldi.
Ayrim nashrlarning ma’lumotiga ko‘ra, futbolchi kelasi haftagacha davolanishni davom ettiradi.
Shu bois, 20 yoshli portugaliyalik futbolchi Liga 1ning 5-turida "Marsel"ga qarshi uchrashuvda maydonga tusha olmaydi, deya xabar bermoqda RMC Sport jurnalisti Fabris Xokins.
Biroq, "Barselona"ga qarshi muhim bellashuvgacha futbolchining tiklanishi hali hamon xavf ostida qolmoqda.
Fikrlar