
Jon Jons va Stipe Miochich o‘rtasidagi to‘qnashuvning zaxira jangchisi ma’lum
Og‘ir vaznda vaqtinchalik UFC chempioni Tom Aspinal 16 noyabr kuni o‘tkaziladigan Jon Jons va Stipe Miochich to‘qnashuvining zaxira jangchisiga aylandi. Bu haqda "The Ariel Helvani Show" Instagram akkauntida ma’lum qilindi.
Kamarga asosiy da’vogarlardan biri hisoblangan Aspinal o‘zining so‘nggi jangida Kyortis Bleydsni nokautga uchratgan edi.
Ma’lumot uchun, Jons (27-1-1 N/C) va Miochich (20-4) o‘rtasidagi bahs "UFC 309" turnirida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar