Joriy mavsum APL starti Xoland uchun eng yomoni bo‘ldi
"Manchester Siti"ning norvegiyalik yulduz hujumchisi Erling Xoland Angliya Premer-ligasi joriy mavsumining dastlabki to‘rtta o‘yinida beshta gol urdi.
E’tiborlisi, o‘ta sermahsullikka qaramay, norvegiyalik futbolchi uchun ushbu start Angliyadagi faoliyatida eng yomoni bo‘ldi. 2022/2023 va 2023/2024-yilgi mavsumlarda Erling dastlabki to‘rtta turda oltita, 2024/2025-yilgi mavsumda esa to‘qqizta gol urdi.
Joriy mavsumda 25 yoshli Holand barcha musobaqalarda to‘qqizta o‘yinda maydonga tushib, to‘qqizta gol va bitta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2034 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 180 mln evroni tashkil etadi.

Fikrlar