Joze Mourinoning o‘zi haqidagi iqrorlari: Bu mening tabiatim

  • 31 iyul, 2019, 14:25
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yutuq uchun o‘yin

Nafaqat yangi raqobat, balki yangi mamlakat sabab yuzaga keladigan muammolarni hal eta olamanmi?

Italiya, Angliya va Ispaniyada g‘oliblikni qo‘lga kiritish uchun o‘ta moslashuvchanlik qo‘l keladi. Ba’zida shaxsiy fikrlarga qarshi borib, jamoaning holati va musobaqadan kelib chiqib muvafaqqiyatga olib boradigan to‘g‘ri yo‘lni tanlab olish lozim. Hatto ijtimoiy jihatdan kelib chiqib ham har bir o‘yinchining ehtiyojlari, maqsadlari va motivlarini tushunishingiz kerak.

Men bunday tajriba orttirish baxtiga muyassar bo‘ldim. Shu sababdan hozir yangi mamlakat, yangi musobaqada faoliyat olib borishdan bosh tortmayapman.

Men faqatgina bitta talab qo‘yaman. Men uchun bir narsa hammasidan ham muhim.

G‘alaba uchun o‘ynash lozim.

Bu men uchun o‘ta muhimdir. Kimdur menga 10 yilga mo‘ljallangan ajoyib, kutilmagan va qoyilmaqom shartnoma berib, asosiy maqsadni quyidagicha belgilasa: «jamoaning asosy maqsadi – jadvalning yuqori qismida qolish. Agar siz ettinchi, sakkizinchi yoki to‘qqizinchi bo‘lib jadvaldan o‘rin egallasangiz ajoyib bo‘lar edi».

Bu men uchun emas.

Menga yutuq uchun o‘zim harakat qilishim kerak bo‘lgan loyihalar zarur. Men g‘oliblik uchun kurashaman. Yutish yoki yutqazishim muhim emas. Bu mening, futbolchilarning va jamoaning muammosi. Ammo men uchun bosim ostida ishlash yoqadi.

Bu mening tabiatim.

Aynan u 2004 yilda birinchi bor «Chelsi»ga o‘tishimga sababchi bo‘lgan. O‘sha davrda klub muvaffaqiyatga erishishi uchun bir necha qadam qolgan edi xolos – APLda ikkinchi bo‘lib mavsumni yakunlagan va EChLda yarim finalga chiqqan edi.

Biroq muzeyi sovrinlarsiz huvullab turadigan biror bir klub bo‘lmasa kerak. Shunday qilib, oldimizda bir maqsad paydo bo‘ldi va bu – «Chelsi» Angliya chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritishi edi.

Bu mening mentalitetimga to‘g‘ri keladigan mashaqqatli ish ekanligini his qildim.

G‘oliblik uchun o‘yin.

Bizning birinchi o‘yinimiz «Manchester Yunayted»ga qarshi bo‘ldi. Hech qanday to‘siqlarga qaramasdan g‘oliblikni qo‘lga kiritishimiz muhim edi. Agar siz «bu mavsumda yutuq bizniki bo‘ladi» desangizu, birinchi turdayoq o‘z uyingizda ikki yoki uchta javobsiz to‘p o‘tkazib g‘alabani boy bersangiz, bir qadam ortga tashlashingizga to‘g‘ri keladi.

Biz kichik 1-0 hisobi bilan g‘olib bo‘ldik. Oldinga bir qadam tashlandi.

Ushbu bahsda mavsumga qanday tayyorgarlik qilganimizni ko‘rsatib berdi. Jamoa men ko‘rishni istagan barcha hislatlarni o‘zida jamlagan edi: kuch, taktik intizom va jipslik. Eng muhimi har bir o‘yinga jiddiy yondashuv. Buni men «hammasi birda», ya’ni o‘yinga bor kuchingizni sarflash deb atayman. Har bir daqiqa, har bir soniyada o‘zingizni o‘yinga bag‘ishlashingiz lozim.

«Yunayted»ga qarshi o‘yinda aynan shu tomonlarni o‘zida mujassam etganini ko‘ra oldim. Bu match 900 daqiqa davom etsa ham, har qanday sharoitda biz bu o‘yinning g‘olibi edik.

O‘sha mavsumda liganing sentabr oyidagi eng oldi jamoasi edik. O‘shanda, OAV biz haqimizda shunday axborot bergan edi «ular Rojdestvogacha sinadi». Undan so‘ng «ular Rojdestvodan so‘ng yo‘q bo‘ladi». Va nihoyat «ular Pasxada yo‘q bo‘lib ketadi» degandi.

Ammo biz hech qachon sinmadik. Biz yiqilmadik.

Ba’zida, ayniqsa hozir, insonlar haqiqatni yashirishga urinishadi deb o‘ylayman. Haqiqat men uchun doim bir xil: eng muhimi – maqsadga erishish. Aynan men aytib o‘tgan davrda maqsadimga erishdim – biz APL g‘oliblariga aylandik.

Bu shunchalik muhimmi?

Xa.

Biz fantastik futbol o‘ynar edik. Himoya esa mukammal edi. Shuningdek ko‘plab gollar urishga muyassar bo‘ldik. Biz ajoyib jamoa edik.

Biz engilmas jamoa edik. Bu degani bizni hech kim enga olmaydi degani emas, balki biz hammani mag‘lub etardik.

Keyingi mavsum judayam oson va yoqimli bo‘ldi, boshidan bu liga sovrini bizning qo‘limizda ekanligini xis qilar edim.

Biz juda kuchli edik. Jamoa qachon himoyaga, qachon hujumga urg‘u berish kerak ekanligini juda yaxshi bilardi. Har gal ustunlik bizning qo‘limizga tushar ekan, g‘alaba bizniki ekanligini xis qilardik.

Biz raqobatchilarimizdagi qo‘rquv hissini sezardik. Ular hujum qilishni istashar, ammo qo‘rqishardi, chunki biz ularni kontratakada yo‘q qilib tashlashimizni yaxshi bilishardi. Ular himoyalanishni istashar, ammo har qanday hujum Dide Drogba to‘p surgan bir paytda juda xafvli edi. Shuningdek, agar standartlar ko‘p bo‘lsa, biznikilar gol urishini ham bilishardi.

Bu juda qiziqarli edi.

Ketayotganimda «Chelsi» muxlislari bilan yaxshi aloqada o‘rnata olganimni his qildim. Bu yaxshimi, yoki yomon, bir klubga borar ekanman, o‘z yo‘limda katta mas’uliyatni his qilaman. Bu xuddi burchga o‘xshaydi.

Insonlar oldidagi burch. Nafaqat klub, uning egalari yoki futbolchilar oldida, balki odamlar oldidagi burch. Insonlarga o‘zlari xohlagan narsani berish lozim. Buni haqiqatga aylantirish uchun faqatgina yaxshi professional bo‘lish kifoya qilmaydi. Buning uchun ulardan biri bo‘lish lozim.

Albatta, nafaqat klub, balki muxlislar istagini ham bilish zarur. Shuningdek ularning istagini amalga oshirishga harakat qilish kerak.

«Inter»ga o‘tganimda ularning Italiya futbolidagi o‘rnini saqlab qolish mening maqsadim edi. Buning uchun titulni uchinchi marotaba ketma-ket qo‘lga kiritish lozim edi. Shu bilan birga Chempionlar ligasi ham muhim o‘rin kasb etar edi.

Maqsadimning ikkinchi qismini amalga oshrish uchun jamoani yangi pog‘onaga olib chiqish kerak edi.

Birinchi mavsumda «Manchester Yunayted» bizni EChLdan chiqarib yuborguncha kerakli fursatni kutdim. Mag‘lubiyatdan so‘ng klub egalariga va sport direktoriga «bu aynan bizga kerakli vaziyat» ekanligini aytdim.

Biz himoya vaqtida o‘y jarima maydonimizda ajoyib o‘yin olib boradigan jamoa edik. Ammo dominantlarga aylanish uchun himoya chizig‘ini 20 metrga kengaytirish kerak edi. Buni amalga oshirish uchun bizga tezkor markaziy himoyachi muhim edi.

O‘sha yozda klub amalga oshirgan vazifadarga – aql bovar qilmas edi.

Ba’zida oddiylik daholik, murakkablik esa etarlicha mahorat etishmasligidan dalolat beradi. «Inter»da Rikardo Karvalo kabi o‘yinchi yo‘q edi va biz ideal echim topdik: Lusio. U tezkor. Haqiqatdan tez. U bizga aynan kerakli narsani bera oldi.

Shundan so‘ng biz maydon markazidagi to‘p uzatmalariga e’tiborni kuchaytirdik. U erda ajoyib o‘yinchilarimiz bor edi: Xaver Zanetti, Deyan Stankovich, Salli Muntari. Biroq biz bundada yaxshiroq to‘p surishimiz lozim edi. Shunday qilib biz maydon boshqaruvini qo‘lga olishga erisha olardik.

Buning uchun bizga yana boshqa o‘yinchi kerak edi. Uesli Sneyder biz uchun ajoyib tanlov bo‘ldi.

Yondashuv soddaligi sababli jamoa tez moslashdi. Faqatgina A Seriyada emas, balki butun Evropa gigantlariga qarshi tura oladigan kuchli jamoaga aylanish uchun etarlicha imkon paydo bo‘ldi.

«Inter» Evropa kubogi yoki Chempionlar ligasida 50 yildan beri g‘olib bo‘la olmagan edi. Hattoki 1980- va 1990 yillarda uning tarkibida dunyoning eng sara o‘yinchilari bo‘lsa ham bu natijaga erisha olmagandi. U erda buzib tashlanishi lozim bo‘lgan psixologik devor mavjud edi.

«Chelsi»ga qarshi pley-off o‘yini biz uchun judayam muhim palla ekanligini his qildim. Biz «Stemford Brij»ga keldik va g‘alaba qozondik. Shu daqiqadan boshlab muxlislarimiz bizga ishona boshladi. Xuddi bizning jamoa yutuqni qo‘lga kirita oladigandek edi. Bu jamoaga turtki bera olgan on bo‘lib qoldi.

Psixologik devor batamom yo‘q bo‘lib ketgan payt.

Chempionlar ligasidagi g‘alaba bizning fantastik yutug‘imizga aylandi. Albatta bu oson bo‘lmadi, ammo bizning ajoyib jamoamiz oldimizga qo‘yilgan maqsadga erishdi.

Birinchi marta futbol jamoalarini analiz qilishni boshlaganimga 40 yil bo‘ldi. Birinchi bo‘lib dadamning klubidan boshladim, u paytda murabbiylar shtabi bugungiday emasdi. Faqatgina murabbiy va uning yagona yordamchisi.

Bugungacha ko‘p o‘zgarishlar bo‘ldi. Biroq qancha vaqt o‘tmasin o‘yinning falsafiy yondashuvi bitta – qaysi jamoa ko‘p gol ursa, shu jamoa g‘olibdir. Bu men uchun o‘yinning eng muhim qismidir.

Buning ko‘p yo‘llari mavjud. Menimcha eng to‘g‘ri yo‘l – sizda mavjud o‘yinchilar va siz olib borayotgan o‘yinda maqsadni to‘g‘ri qo‘ya bilishdir.

Ko‘pchilik kim to‘pga ko‘proq egalik qilsa, g‘alaba unikiligiga ishonib qolgan. Biroq to‘pga egalik qilmay turib ham o‘yinni boshqarish mumkin.

To‘pga egalik qilish– o‘zingizni baholashingizga ta’sir eta oladigan kuch. Ko‘pchilik murabbiylar bundan piar va imidj uchun foydalanadilar.

Ammo, to‘pga egalik qilgan paytda o‘zini qulay his eta olgan jamoa, to‘p qo‘ldan chiqqan pallada ham qanday o‘ynash kerakligini bilishi shart.

Agar jamoa shunchaki o‘yin olib borib, to‘psiz himoyalansayu, to‘p ularga o‘tsa, uni qanday saqlab yurishni bilmasa, ularning taqdiri raqib jamoa qo‘liga o‘tib ketadi.

Men uchun ideal jamoa – har qanday holatda ham dominantlikka erisha oladigan jamoadir.

Eng yaxshi murabbiylarchi? Mukammal bo‘lishingiz uchun, menimcha, uch narsa lozim. Birinchidan, akademik ta’lim. Ikkinchidan, tajribangizdan kelib chiqqan holda o‘yinni to‘g‘ri tushuna bilish. So‘nggisi: iqtidor.

Eng oxirgisi – eng muhimidir. Iqtidor sizning qoninggizda. U genetikaga bog‘liq. U DNKda mavjud. Yo sizning iqtidoringiz bor, yoki yo‘q.

Barchasiga qaramasdan sizda ikkilanish mavjud: g‘olib bo‘la olamanmi?

Ammo menga noaniqlik hissi zavq bag‘ishlaydi. Har doim.

 

Manba: Sports.ru

Sandra Alisson tarjimasi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!