K Liga. "Seongnam" grand klubni mag‘lub etdi
Bugun Janubiy Koreya K Ligasida 19-tur uchrashuvlari davom ettirildi. Hamyurtimiz Jamshid Iskanderov faoliyat olib boradigan "Seongnam" jamoasi o‘z maydonida "Chonbuk Motors"ni qabul qildi. Qiziqarli va tomoshabop tarzda kechgan o‘yinda mezbonlar 2:0 hisobidagi ishonchi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Iskanderov zaxirada qoldi. Shu tariqa, "Seongnam" hisobidagi ochkolar soni 21 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 8-o‘rinda bormoqda.
K Liga. 19-tur
"Seongnam" - "Chonbuk Motors" 2:0
Gollar: Yu In Su (30), Park Tae Jun (52).
Fikrlar