Kamaru Usman: "Magomed Ankalaev — dog‘istonliklar kabi kurashchi emas"

  • 1 oktabr, 20:01
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

UFC sobiq chempioni Kamaru Usman rossiyalik Magomed Ankalaev haqida fikr bildirdi.

Tecno

"Ankalaevni hamon dog‘istonliklar kabi kurashchi, deyishadi, lekin Magomed unday emas. Uning uslubi raqibni "stoyka"da sindirishdan iborat. Birinchi jangda Aleksni ham qiyinlik bilan erga yiqitganini ko‘rdik. Magomed — juda kuchli va tajribali "pancher", u yillar davomida asosan shu yo‘nalishda ishlab kelmoqda. Shuningdek, Ankalaev biladi: doim raqibni erga yiqitishga urinsa, o‘zi ham charchab qoladi", — dedi Usman "Red Corner MMA" ga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Ankalaev va Perreyra o‘rtasidagi revansh 5 oktyabr kuni o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!