Kamerun eng ko‘p Yaponiya bilan o‘ynagan, asosiy raqiblarimizni mag‘lub eta olmagan yoxud afrikaliklarning Osiyo termalariga qarshi natijalari qanday? (foto)
Xabaringiz bor, ertaga O‘zbekiston milliy terma jamoasi ertaga Kamerun termasiga qarshi bahs olib boradi. Bellashuv Janubiy Koreyadagi "Goyang" o‘yingohida bo‘lib o‘tadi.
Mazkur bahs oldidan SPORTS.uz nashri raqiblarimizning Osiyo termalariga qarshi o‘yinlari haqida ma’lumot berib o‘tadi.
Jumladan, Afrika etakchilaridan biri bo‘lgan ushbu terma jamoa Osiyoda eng ko‘p Yaponiyaga qarshi bahs olib borgan. Ammo ularning birortasida g‘alaba qozona olmagan - 2 durang va 3 mag‘lubiyat.
Ikkinchi raqib Hindiston. Ushbu yurt vakillari bilan 4 ta bellashuv bo‘lib o‘tgan. Unda 1 g‘alaba, 2 durang va 1 mag‘lubiyat qayd etilgan.
Janubiy Koreya va Kamerun o‘zaro 3 marta kurash olib borgan. 2 marta durang natija qayd etilgan bo‘lsa, yana bir bahs qit’adoshlarimizning g‘alabasi bilan yakun topgan.
Shuningdek, Eron bilan 2 marta durang qayd etilgan bo‘lsa, Saudiya Arabistoni, Quvayt, Suriya, Avstraliya, Tailand, Nepal va Maldiv termalari bir marotaba Kamerun bilan o‘yin o‘tkazgan va mag‘lubiyatga uchragan.
Shohrux Zoirov tayyorladi.
Fikrlar