Kamila Jorjidan uzoq kutilgan g‘alaba
Sidneyda Xotin-qizlar tennis uyushmasi tomonidan o‘tkazilayotgan “Apia International Sydney – 2018” turnirida italiyalik Kamila Jorji AQSh vakili Sloun Stivensga qarshi kortga chiqdi va bor yo‘g‘i uch geymni boy berib, ikkinchi davraga yo‘l oldi.
“Premier” turkumiga kiruvchi musobaqada tashkilotchilar mukofot pulini 733.900 AQSh dollari etib belgiladi. Ushbu turning birinchi davrasida rossiyalik Elena Vesnina ispaniyalik Lara Arrubarrenani har ikkala setda 6:2 hisobida engdi.
Shuningdek, musobaqa ishtirokchilaridan Ellen Peres (Avstraliya), Ekaterina Makarova (Rossiya), Dominika Tsibulkova (Slovakiya),Barbora Strytsova (Chexiya), Eshli Barti (Avstraliya), Anjelik Kerber (Germaniya), Petra Kvitova (Chexiya), Kiki Bertens (Gollandiya), Ketrin "SiSi" Bellis (AQSh) navbatdagi bosqichga yo‘l oldi.

Izohlar (0)