Kanchelskis yana “katta sahnada”

  • 28 may, 2019, 09:11
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 46
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 10-turida “Navbahor” hamda “Andijon” ishtirokidagi vodiy derbisi ko‘pchilikning qiziqishini uyg‘otgandi. Chunki oxirgi yillarda ushbu klublar o‘rtasidagi derbilarga guvoh bo‘lmayotgandik. Shu bois bu safargi to‘qnashuvni o‘zgacha hayajon bilan kutganlar ko‘p bo‘ldi. Ayniqsa, o‘z oldiga chempionlik uchun kurashish vazifasini qo‘ygan “Navbahor” uchun har bir o‘yin xuddi finaldek o‘tishini inobatga olsak, bu safargi vodiy derbisidan har narsani kutish mumkin edi. Chunki “Andijon”ning hozirgi ahvoli ham havas qilib bo‘lmasdi. Shuning uchun ular ham Namangandagi o‘yinning qanchalik qiyin o‘tishini bilgan holda shunga yarasha o‘yin ko‘rsatishlarini kutgandik va amalda ham shunday bo‘lib chiqdi.

Tecno

Shu kuni ob-havo o‘z injiqligini ko‘rsatib, kuchli yomg‘ir yog‘di. Ammo stadionga yig‘ilgan muxlislar va ayniqsa, Andijondan borgan ashaddiy ishqibozlar har qanday holatda ham sevimli jamoasini yolg‘izlatib qo‘ymasliklarini yana bir bor isbotladilar. Ammo hamma ham bu uchrashuvga bora olgani yo‘q va o‘yinni “Sport” telekanalida jonli ravishda ko‘rish umidida ham edilar. Biroq aksiga olib “Sport” vodiy derbisini olib bermadi. Ammo xafa bo‘lishga hojat yo‘q edi, chunki bu o‘yinni Namangan telekanali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatdi. Buni bilgan bildi, bilmaganlar esa bilmadi.

O‘yin uchun ikkala jamoaga ham rahmat aytsak arziydi. Futbolchilar maydonda borlarini berib o‘ynashdi. Yog‘ayotgan yomg‘ir esa aslo jamoalarning shashtini so‘ndirmadi. “Navbahor” o‘tgan turda o‘z maydonida “Metallurg” bilan durang o‘ynab qo‘ygani uchun bu safar qanday bo‘lmasin yutishi kerak edi. “Andijon” ham bungacha bor yo‘g‘i bitta g‘alaba qozongani bois bu o‘yinni yutishi lozim edi. Shu bois maydonda haqiqiy futbol, haqiqiy kurash kechdi. O‘yinning boshlarida “Navbahor”ning sobiq hujumchisi Ro‘zimboy Ahmedov qiyin vaziyatda gol urib hisobni ochgani mehmonlarga qo‘shimcha kuch va motivatsiya bergani ham rost. Bu esa mezbonlarning ishini yanada qiyinlashtirib yubordi. Shu kuni Ildar Mamatkazin boshchiligidagi himoyachilar ham yaxshi o‘ynashdi. Umuman olganda, bu so‘zni “Andijon”ning har bir o‘yinchisiga nisbatan aytish mumkin. Ular “Navbahor”ning jiddiy qarshiligini engishga harakat qilishdi. Aslida esa voqealar rivoji andijonliklarning g‘alabasi tomon o‘zgarib borayotgandi. Biroq oxirgi daqiqalarda “Andijon”ning sobiq o‘yinchisi Aziz Ibragimov tomonidan urilgan gol yakunda uchrashuvning durang bilan tugashini ta’minladi. E’tibor bergan bo‘lsangiz, gollarni ikkala jamoaning sobiq futbolchilari kiritishdi. O‘yinda esa tortishuvli holatlar va asabbuzarliklar ham kuzatildi. Aslida ham shunday bo‘lishi kerak edi. Boisi vodiy derbisi shunisi bilan ham vodiy derbisi deb ataladi.

“Navbahor” bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis yana o‘yindan keyin “katta sahnaga” chiqdi. Odatda uning matbuot anjumanlarida bildiradigan fikrlari ancha keskin va bir tomonlama bo‘lib qolmoqda. “Andijon”ga qarshi uchrashuvdan keyin ham rossiyalik murabbiy yana o‘z an’anasiga sodiq qolgan holda fikr bildirdi. Ammo uning raqib o‘yinchilarining shaxsiyatiga tegadigan so‘zlarni aytishga haqqi yo‘q. Futbol – bu sport, bu kurash, bu o‘yin. Shunday ekan, buni chidaganga chiqargan. Kanchelskis esa jamoasi g‘alaba qozona olmagan paytlarda aybni raqib o‘yinchilaridan va hakamlardan izlash bilan ovoraligi bilan esda qolmoqda xolos. E’tibor bering, “Navbahor” ketma-ket ikki marta o‘z maydonida o‘ynadi va aslida reja bo‘yicha ular olti ochkoni olishlari lozim edi. Ammo buning o‘rniga namanganliklar faqat ikki ochkoni qo‘lga kirita oldilar xolos va to‘rt ochkoni yo‘qotdi. Qizig‘i shundaki, “Navbahor” bosh murabbiyi “Metallurg” va “Andijon”ga qarshi uchrashuvlardan keyin deyarli bir xil fikrlarni bildirdi:

“Metallurg”ga qarshi uchrashuvdan keyin aytgan gaplari!

Biroz asabiy o‘yin bo‘ldi. Agar birinchi bo‘lib raqib darvozasini ishg‘ol eta olganimizda, g‘alaba qozonar edik. Futbolni raqqosalar o‘ynamaydi. Har bir vaziyatda yiqilib, maydonda yotib olinishini aslo oqlamayman. Bu o‘yin tempini tushiradi va o‘yin jozibasini butunlay yo‘qotadi. Bugun tez yordam vakillari ko‘magi kerak bo‘ladigan vaziyat umuman bo‘lgani yo‘q. Lekin ko‘plab vaziyatlarda o‘yinchilar oddiy holatlarda ham maydonga cho‘zilib olishdi. Agar biz raqib darvozasini birinchi bo‘lib ishg‘ol etganimizda, aminmanki, butunlay boshqacha o‘yin ketardi. G‘alaba qozona olmadik – o‘zimiz aybdormiz. Bugun 2 ochkoni yo‘qotdik. Lekin o‘z shogirdlarimdan maydonda ha deb yotib olavermaganliklari uchun mamnunman. Shu boisdan ham ularni hurmat qilaman, - degandi mutaxassis.

«Andijon»ga qarshi uchrashuvdan keyingi aytgan gaplari!

- Bu futbol emas, balki raqqosalar maydonga chiqqandek gap. Uyat! Uyalish kerak futbolchilar, uyalishi! O‘yinni to‘xtatib qo‘yishmoqda. Futbol o‘ynab bo‘lmayapti. Menga aytinglar-chi, bugun tez tibbiy yordam mashinasi birovni shifoxonaga olib ketdimi? Kimdir javob bera oladimi? «Andijon» futbolchilari qizlardek maydonga yotib olaverib vaqtni o‘ldirdi. Uyalish kerak! Uyat!

Deyarli bir xil gaplar-a? O‘tgan safar ham, bu safar ham u raqib o‘yinchilarining shaxsiyatiga tegadigan gaplarni aytib, o‘zini oqlashga urinyapti. Lekin bu to‘g‘rimi? Uning jamoasi ochko yo‘qotsa, albatta raqib futbolchilarini raqqosalar deya ayblashi kerakmi? Buni qanday tushunish mumkin? Buning ustiga u kecha hakamlar sha’niga ham noma’qul so‘zlarni ishlatganini aytish lozim.

Yodingizda bo‘lsa, chempionatning birinchi turidan keyin Toshkentda «Navbahor» «Qo‘qon-1912» bilan durang o‘ynagach, Kanchelskis matbuot anjumanida o‘yindagi durang uchun go‘yoki buning ichida va tashida bo‘lmagan O‘FA bilan PFLni tanqid qilib chiqqandi. Keyin esa oradan ko‘p o‘tmay mutaxassis aytgan gaplari uchun rasman uzr so‘rab chiqqandi. Rossiyalik mutaxassis fikr bildirayotganda tiliga extiyot bo‘lishini maslahat bergan bo‘lardik. Og‘zimga nima kelsa shuni gapiraverman desa adashadi. Bu Rossiya emas, balki serquyosh O‘zbekiston!

Kanchelskis birovlardan ayb qidirguncha o‘z jamoasining natijalarini yaxshilash choralarini ko‘rsa bo‘lmaydimi? Axir Namangan viloyati hokimi jamoa uchun barcha sharoitlarni yaratib berayotgan bo‘lsa, maqsad va vazifa aniq bo‘lsa, Namangan xalqining esa «Navbahor» va murabbiydan ishonchi katta. Ammo o‘z maydonidagi ketma-ket ikkita uchrashuvdagi durangdan keyin Kanchelskisga yana avvalgidek ishonch yuqori bo‘lib qolmoqdami, degan haqli savol ham tug‘iladi. Undan ko‘ra u o‘z o‘rni haqida ko‘proq o‘ylasa bo‘larmidi? Natijaga kim javobgar? O‘zi birovlarni haqorat qilayotgan «raqqosa» futbolchilarmi yoki murabbiymi?

«Navbahor» 10 ta o‘yindan faqat uchtasidagina g‘alaba qozondi xolos. Vaholanki, jamoa oldiga chempionlik vazifasi qo‘yilgan. Aslida biz ham vodiy jamoalarining yana avvalgi mavqelariga qaytishini istaymiz. Bu borada «Navbahor» jamoasining olib borayotgan ishlarini qadrlaymiz. Lekin «Paxtakor» bilan «Lokomotiv»ga raqobat qilmoqchi bo‘lgan jamoaning shu kungacha faqat uchta o‘yinda g‘alaba qozona olganini qanday tushunish mumkin? Aslida esa «Navbahor»ning o‘zida ham hal qilinishi kerak bo‘lgan muammolar bo‘la turib, bu yoqda murabbiy raqib jamoa o‘yinchilari va hakamlarni haqorat qilib gapirayotgani g‘alati. Undan ko‘ra jamoasining o‘yinidagi muammolarni bartaraf etish choralarini ko‘rmaydimi? Qolaversa, murabbiyning aytayotgan gaplari do‘stona aloqalarni o‘rnatishgan Namangan va Andijon muxlislari o‘rtasida yana ziddiyatli holatlarni keltirib chiqarish ehtimolini ham oshirishi turgan gap. Ko‘ryapsizmi, extiyotsizlik bilan aytgan gaplar qanchadan-qancha aks-sadolarni keltirib chiqaryapti. O‘zini hurmat qilgan murabbiy esa avvalo qayd etilayotgan salbiy natijalardagi aybni o‘z zimmasiga olishdan qo‘rqmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Bahrom Razzakov
28/05/2019 09:25
Biz Navbahor va uning murabbiylar shtabiga ishonamiz ! Sanlar qachon erkak bo'lib hakamlarni xatolarini yozasan ? Videoni ko'rsang yaqqol PENALTI ediku .... !Behuda boshini ushlab yotvoladigan o'yinchilar bilan CoCa Cola ligani kuchaytira olasanmi ??? Yoki 90 minut shiddat bilan o'ynayotgan Navbahor o'yinchilari bilan liga kuchayadimi !!?? Sanlar qachon holis fikr yozasan ???
&
Isakhodjaev Muhtorjon
28/05/2019 10:34
Sen umunan yozma Navbahor haqida y
Абдулло Салибаев
28/05/2019 10:07
бу сайтда хам бир тарафлама фикр юритадиган журналистлар бор экан. Уйин темпи тушиши, хакамлар савияси пастлигини ёзмай, бутун эътиборини тренерни сузларига каратибди. Менимча сан журналист эмасса балки адвокат булсанг керак. Футболни ф харфини тушунганингда эди бунака макола ёзмаслигинг акник эди. Бу маколанг билан сан хам бутун навбахор мухлисларига душмансан!!!
&
Наманганец
28/05/2019 09:42
Мактаб укувчиси ёзгагми нима бало бу мак'олани , ИЛТИМОС уйинни кормастан туриб к'алам тебратма . Андижон ахлини хурмат к'иламиз , уша куни мухлислик килишни к'ойилатишди , лекин уйинчилари эмас . Топ бу 200 кг лик тош эмас узи боши бн обчикиб йотиб оляпти , уз узидан йотволганларни гапирмадим . Агар яна беш минут вакт булганда Навбахор 2чи голни урар эди .Канчелскис бор гапни гапирди , айрим уйинчиларни хисобга олмаса ракоса сузигаям арзимайди . Хуллас пенальтини гапирмайман , хали вакти келиб Навбахор узини оклайди , лекин бу газвода супеплигаси да Навбахор булмаса бир тигинга киммат ЧЕМПИОНАТ. Хамма Навбахорга карши ойнайди , Насаф ва Бунйодкор ягона халол жамоалар , колгани шу журналистлага охшаб бир томонли жамоалар . Улуг айом кунида хеч йо халол булина , Ёзсанглар борини ёзинглар , бу кайтар дунйода ЭРТАГА силаниям илдизинани кимдир чопиб кетмасин . Йолгонларни ёзиб халк'ни онгини захарламанглар
Behzod Aliev
28/05/2019 20:26
Андижондан Навбахорга кейинги уйинларда омад
&
Akbar Ali
28/05/2019 10:35
Nima bolmoqda jurnalist 25- maydan uxlab endi turdilarmi deyman. Nima hamma jurnalistlar oyinni kormay yoki rolikni kormay fikr yuritadimi. 1 tasi nosqovoqni rasmga oladi yana 1 tasi oyin tugaganiga 3 kun bolsa yana qayta yozmoqda yozar ekansan oyin tugagandan keyin yozmeysanmi jurnalist. Ozingizni jurnalist hisoblasangiz hakamni xatolarini yoziwingizni ham kuyib qolaman. Yoki siz ham buyurtma maqola yozadigan jirnalistsiz. Sports.uz ham sekinlik bn xaqiqatni emas 1 tarafni yoziwni bowladimi CA dan endi qutildik desak bunisi nima hakamni ham xatolarini qowib yozmabsizda ortoq jurnalist
АС МИЛАН
28/05/2019 13:22
Буларга керак эмас ҳақиқатни ёзиш ёки гапириш. Нега Арвеладзе ҳақида мақолалар чиқаришмайди шунча шароит айтган ўйинчисини олиб берди раҳбарлар Ўзб чемпионатида билган бўқини еб юрибди албатта ҳакамлари билан майдонларни ёмонларда, ҳақиқат туққанингга ёқмайди деган экан машойиқларимиз.
&
Akbar Ali
28/05/2019 15:35
Bizda jurnalistlar xaqiqatni yozishga qorqishadi. Unda nima uchun bular jurnalist degan savol keladi hayolimga
Ahror Nodir
28/05/2019 09:48
Сен журналист булсанг бор хакикатни ёз. Хакамларни ёззанг юкоридагилар каламингни синдирамиз дедидими? Уйинни курдингми ? Кул билан футбол уйнайдими? Майдондаги хакам еки курми? Сен каби журналистлар шуларни езмасанг ... ким езади? Шу кетишда узбек футболи пастга шунгийди.. бизни ЖЧ га боришимиз учун хали 50 йил бор агар футбол шу булса
&
Ahadhon
28/05/2019 10:07
Fikrimga.qushilaman.
&
Ahadhon
28/05/2019 10:09
Xaqiqatiyozadigan.junalisbormi.
&
Isakhodjaev Muhtorjon
28/05/2019 11:33
Sarlafhani qarang Kancheliskis yana katta sahnada emush, Shuhratjon quymiysizmi Mard bulib sarlafhani,HAKAMLAR katta sahnada deb.
&
Абвгд
28/05/2019 09:55
Бу журналист бугун уйгондими, уйинни курганми узи ёмгирдан бошкасини ёзмаган, бутун сайтла хам Навбахорга карши буганми? ЗЗЗЗЗ
abdugani sattarob
28/05/2019 11:39
Сопорт уз хам урганиптида навбахорни ёмонласа каментария купаяркан деп ану ит сайт са дан
&
Ramzis ll
28/05/2019 11:38
Xoy aqlli jurnalist shunchalik aqlli ekansan nimaga to'p qo'lga tekkan vaziyat videosini qo'ymaysan . Xolis bo'lish kerak. Shu jurnalistlar bir tomonlamasanlar yoki kimlardandur qo'rqasan
&
Isakhodjaev Muhtorjon
28/05/2019 10:45
Hurmatli Shuhrat Juraboev sizni jurnalistik faoliyatingizga omad,faqat Navbahor haqida yozmang iltimos! Endi murabbiy tugri natijaga aybdor lekin bu savodsiz hakamlar odamni asabiga tegyaptiku
&
+998909071003
28/05/2019 14:18
Тамом булипти
&
Футбол футбол
28/05/2019 14:38
Нима тамом булипди
&
+998909071003
28/05/2019 14:17
Тамом
&
Isakhodjaev Muhtorjon
28/05/2019 10:51
Surhon Qoqon uyinidagi penalti hatto yon hakam ham kuribti vaholanki qaytarib kurganda zu'rga kuringan y, bizning uyindagini yaqqol qul bilan uynagan oldida turgan hakam kurmasa qani haqiqat pfl nega izoh bermaydi
&
Isakhodjaev Muhtorjon
28/05/2019 10:43
Hurmatli Shuhrat Juraboev sizni jurnalistik faoliyatingizga omad,faqat Navbahor haqida yozmang iltimos! Endi murabbiy tugri natijaga aybdor lekin bu savodsiz hakamlar odamni asabiga tegyaptiku
&
Мансур Муродуллаев
28/05/2019 10:26
Сиз журналистлар хеч хам бир томонлама фикир юритмайсизларда, аввал узингларга бокинглар. Мураббий тугри эътироз билдиряпти. Термамиз араб жамоалари билан уйнаган пайтларда худди шу гапларни хаммамиз айтар эдик, шу катори сизлар хам. Хозир эса уша араб жамоалари хам тоза уйнашяпти, бизни футбол эски араб футболига ухшаб коляпти. Минг афсус шундай футболимиз умуман ривожлангани йук, ундан кура футболни ривожлантириш буйича езинг.
&
lochin
28/05/2019 09:31
канакадир калтафимми бу журналист бир маъно йу маколасида
&
lochin
28/05/2019 09:29
ээ канака журналистсан дух ёми хакамни гапиришга сани маколанг узи бир томонлама факат мурабий тугрисида нега металург бн уйиндан кегин хакамни гапирмади яхши бошкарди нега 11 метрлик бермаганин ёзмайсанми журналистлар хакикатни ёзса кегин футбол ривожланади агар шу мурабий бн навбахор супер лигада ё болганда кизиги хам йу эди чемпионатни рахмат этишинг кк сан журналистлар наманган борлиги учун
&
Fc soloko jem
29/05/2019 14:29
Muxlislik madaniyatinyam sal tanqit qisin kancheviskiy . Turkiyani galatasaroy muxlislaridayam bunchalik mas iminno men reyal bilan bõgan õyiniga kirganman . Faqat bosim bosim raqibga . Jamoasini esa qõllab quvvatledi xolos . Namananga õsha kunu musilmon diniga xos bõmagan qattu xarakatlardi qildi . Bu nimasi penalti bermasa endi shunaqa xotillarga õxshab bakilashka voxokozo otish kerakmi . Qani qachongacha bu kanchevskiga ishonasilarikin silardi bu raxnomoilar buyil nimalar qibera oladikin . Yoki yana matbuotda õzini kõzkõz qib yurarmikin . Omadilardi bersin lekin chenpiyonlik silarga mas ekan naboxor
&
Fc soloko jem
29/05/2019 10:45
Sal uyatish kerakda õz yuingda õynab turub penaltiy sõragani . Keyin Naboxor muxlislar rõzani kunida non õrik somsalardi ottilar ulug ayom kunida . Buyam muxlislikmi yoki ashadilikmi . Mesilarga aytaman bu jinnilik kancheviski janobi ollilari natija qilolmasa raqib va sudya . Odatagidek nima kõr kõrdi qoronĝida topadida muxlislaram shunaqa sudya sudya . Sal fudbolga reyalni qarash buyerada 50%50ku penalti atmasfera yuqori bõgandan keyin adashadida bunaqa xolatlardi Apl kõryapmizku. Bizi fudboldi evropaga solishtirga anchabor bizi fidboldi osiyoga qarab misol ketir . Liboy kamanda natija uchun yotadi xutti Navboxor Paxtakor õyiniga õxshab õzlarini avliyo yasamastan shaltaĝini artish paxtakorbilan nichiya õynab kõrdik nishollashdi biz shunaqa qisek nima yarashmedimi . Sal uyalish uluĝ ayom kunida ĝiybat qilormastan xavorang larga õxshab dõppi purush xotinlaram sallarchakmas Navboxor
&
Xabibullo Jakbarov
29/05/2019 14:31
Penalteni penalte deydimi
&
Fc soloko jem
29/05/2019 19:01
1 xaftadan buyon shu penaltiy deb kamet yozadi agar nabaxor foydasiga ishlassa borakanu xalol sudya dem boshqotiradi.Nabaxor muxlislari fudbolga reyalni balet qililar . Fatat degani jinnilikmas .
Oldingi fikrlarni ko'rsatish