Kannavaro, Montella va "Bashakshehir" rahbarlari bir joyda jam bo‘ldi
Muhammadqodir Ruzmatov
Mazkur oʻyinda Abbos Fayzullaev assist qayd etdi.
Turkiya Superligasining 25-turida hamyurtimiz toʻp surayotgan "Istanbul Boshakshehir" oʻz uyida "Gёztepe"ni qabul qildi va 2:1 hisobida gʻalaba qozondi.
Eʼtiborliisi, mazkur uchrashuvni Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro ham stadiondan jonli kuzatib bordi. Bu haqida klub matbuot xizmati maʼlum qildi.
"Klub prezidenti Gёksel Gyumyushdag va Mustafa Eryogʻut Turkiya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Vintsenzo Montella, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro, shuningdek, Turkiya terma jamoasi va klubning sobiq murabbiy yordamchisi Selchuk Shahinni mehmon qildi.
Uchrashuv iliq va samimiy muhitda oʻtdi", — deyiladi istanbulliklar xabarida.
Izohlar (0)