Kannavaro AQShdagi tekshiruvlarga izoh berdi
O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro AQShda delegatsiya a’zolari tekshiruvdan o‘tkazilgani bilan bog‘liq vaziyatga munosabat bildirdi.
“Bu oddiy nazorat edi. Hozir bunday tekshiruvlar deyarli barcha aeroportlarda amalga oshiriladi. AQShda esa bu jarayon to‘g‘ridan-to‘g‘ri uchish-qo‘nish yo‘lagida bajariladi”.
Eslatib o‘tamiz, ijtimoiy tarmoqlarda terma jamoa a’zolari Nyu-Yorkka yetib kelganidan so‘ng metall detektorlar va xizmat itlari yordamida tekshiruvdan o‘tkazilgani aks etgan videolar tarqalgan edi. Kannavaro esa bu holatni odatiy xavfsizlik tartibi sifatida baholadi.
Ma’lumot uchun, “oq bo‘rilar” turnirdagi ilk uchrashuvni Kolumbiyaga qarshi o‘tkazadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 07:00 da start oladi.

Fikrlar