Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Kannavaro: "Jamoamni ayblashga asos yo‘q"

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 1

Kannavaro Portugaliyadan 0:5 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng jahon chempionati tajribasi va pley-offga nazariy imkoniyatni yuqori baholadi.

O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro "Jahon chempionati – 2026"da Portugaliya terma jamoasidan 0:5 hisobida mag‘lubiyatga uchragan o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

"Jamoamga nisbatan hech qanday da’voim yo‘q. Ikki jamoa o‘rtasidagi farq juda katta edi. Agar Portugaliya kabi raqibdan dastlabki 10 daqiqada gol o‘tkazib yuborsangiz, keyin o‘yinni o‘nglash juda qiyin bo‘ladi. Biz uchun jahon chempionatida ishtirok etish tajribasi beqiyos ahamiyatga ega. Yigitlarimiz hisob yirik bo‘lib ketgan paytda ham taslim bo‘lmadi, qo‘llarini tushirmadi. Shuni ko‘rib, juda xursand bo‘ldim", – dedi Kannavaro o‘yindan keyingi qisqa intervyusida.

Guruh bosqichining uchinchi turida O‘zbekiston terma jamoasi DR Kongo jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Hech bo‘lmaganda DR Kongo va Kolumbiya o‘rtasidagi uchrashuvga qadar O‘zbekiston terma jamoasining pley-off bosqichiga chiqish uchun hali nazariy imkoniyatlari saqlanib qolgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q