Karla Suares Navarro taslim bo‘ldi
Zohir2018
Bir qator tennischilar uchun uchinchi davra omadsiz boshlandi
Ispaniyalik tennischi Karla Suares Navarro Parij shahrida o‘tayotgan Frantsiya ochiq chempionatidagi ishtirokini uchinchi davrada yakunladi.
Karla ushbu bosqichda chexiyalik Marketa Vondroushovaga qarshi o‘yin o‘tkazdi. Biroq, ispan tennischisi unda har ikkala setni 4:6 hisobida boy berib qo‘ydi.
Shu tariqa 1/8 finalga chiqqan Vondroushova, endi latviyalik Anastasiya Sevastova, yoki belgiyalik Elize Mertens bilan bellashadi.

Izohlar (0)