Karrager: "Chelsi" muxlislari natijani hoziroq talab qiladi"

  • 26.03.2026 17:39
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Jeymi Karrager "Chelsi"dagi soʻnggi yillardagi vaziyat haqida fikr bildirdi.

"Ilgari "Chelsi"da murabbiylar juda talabchan edi va doim Chempionlar ligasini yutishni maqsad qilardi. Muxlislar esa natijani hoziroq koʻrishni xohlaydi, "Tottenxem" yoki "Arsenal"dagi kabi uzoq muddatli loyihalarni emas.

Hatto "Chelsi" Chempionlar ligasiga chiqa olmagan paytlarda ham boshqa sovrinlarni yutib kelgan — Yevropa ligasi, Angliya Kubogi, Liga kubogi.

Hozir esa hammasi “qurilish”ga bogʻlanib qolgan. Lekin “Chelsi” muxlislari darhol muvaffaqiyatni kutmoqda", — dedi Karrager.

Ayni paytda londonliklar Angliya Premier-ligasi jadvalidа 31 turdan soʻng 48 ochko bilan 6- oʻrinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!