Karrik Lisandro Martines bo‘yicha qaror qabul qildi

  • 16.10.2026 15:38
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Karrik yaqinida yuzaga kelgan vaziyatga qaramay, jamoa himoyachisi Lisandro Martinesga ishonch bildirishda davom etmoqda. Bu haqida TEAMtalk xabar berdi.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, Martines bergan intervyu bilan bog‘liq mojaro to‘liq hal etilgan. Karrik esa argentinalik futbolchini Angliya chempionatidagi navbatdagi o‘yin — «Lids»ga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshlashini rejalashtirmoqda.

Ta'kidlanishicha, «Manchester Yunayted» rahbariyati Martinesdan klubni tanqid qilgani uchun omma oldida uzr so‘rashni talab qilmagan. Shunga qaramay, futbolchining o‘zi jamoa va muxlislar oldida kechirim so‘rashni lozim topgan.

Joriy mavsumda Lisandro Martines barcha musobaqalar doirasida yetti o‘yinda maydonga tushdi va bir bor raqib darvozasini ishg‘ol etdi.

Premyer-liganing yettinchi turidan o‘rin olgan «Lids» – «Manchester Yunayted» uchrashuvi 18 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!