Karvaxal Messi va Ronalduning farqini aytdi
"Real"ning ispaniyalik himoyachisi Daniyel Karvaxal Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu va "Inter Mayami" forvardi Lionel Messi oʻrtasidagi farq nimada ekanligini aytdi. Ronaldu avval "Real"da oʻynagan, Messi uzoq vaqt Kataloniyaning "Barselona" klubi futbolchisi boʻlgan.
"Messi - koʻp vaziyatlar yaratadigan futbolchi. U maydonni juda yaxshi koʻradi, toʻpni ajoyib nazorat qiladi va ajoyib uzatmalarni amalga oshiradi.
Lionel boʻsh hududlarni topa oladi, Ronalduning afzalligi esa raqib jarima maydoniga tezlikda yorib kirishda", - deya Karvaxalning soʻzlarini keltiradi Barca Worldwide X ijtimoiy tarmogʻida.

Fikrlar