Kasorla, Hamdallah, Cheran: OFK rasmiy sayti guruh bosqichida porlashi kutilgan futbolchilarga e’tibor qaratdi

  • 14 sentabr, 2020, 16:44
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichining markazlashgan tartibdagi formati boshlanishi oldidan jamoalarning eng e’tiborga molik futbolchilariga e’tibor qaratamiz.

 

Bashar Risan

23 yoshli futbolchi “Persepolis” jamoasiga 2017 yili “Eyr Fors” klubidan kelib qo‘shilgandi. Joriy yilda u Eron grandlari bilan shartnomani yana bir yilga uzaytirdi. 

Bashar “Persepolis”ga o‘tganidan buyon Chempionlar Ligasida 22 ta uchrashuv o‘tkazdi. 2018 yilda jamoa bilan finalgacha etib bordi. “Kashima Antlers” o‘shanda ularni chempionlikdan mahrum qilgandi.

Eron Pro-ligasida yakuniga etgan mavsum 25 ta o‘yinda maydonga tushdi. OChLda esa dastlabki ikki uchrashuvda ham ishtirok etib, faol harakatlari bilan ajralib turdi. Basharning pleymeykerlik va driblerlik xususiyatlari ayniqsa yaxshi shakllangan. 

bAShAR rISAN

Salim al-Davsari

Koronavirus pandemiyasi oqibatida Saudiya Pro-ligasi vaqtincha to‘xtatildi va yaqindagina o‘z yakuniga etkazib qo‘yildi. Chap qanot vingeri restartdan so‘ng 4 ta gol va 7 ta assist bilan jamoasining 16-chempionligini qo‘lga kiritishida katta hissa qo‘shdi.

Aynan al-Davsarining uzatmasi Karilloning “Shahr Xodro” darvozasini ishg‘ol qilishi bilan tugagan edi. Shu jihatdan, Razvan Luchesku unga tom ma’noda suyanishi mumkin. O‘tgan mavsum “Urava Reds”ga qarshi kechgan final bellashuvida ham aynan saudiyaliklar vingeri hal qiluvchi rolni o‘ynagan. 

aL dAVSARI

Santi Kasorla

Ispaniya terma jamoasi sobiq a’zosining debyut o‘yini ancha omadsiz kechdi. Jamoa “Al Xaritiyat”dan 1:5 hisobidagi mag‘lubiyat qabul qilib oldi. Ammo ikkinchi uchrashuvda Kasorla “Al-Sayliya” darvozasini super zarba bilan ishg‘ol qildi.

Terma jamoadagi sobiq jamoadoshini klubga jalb etishdan Xavining o‘ziga xos maqsadi bo‘lgani aniq. “Arsenal”dagi yulduzli faoliyati og‘ir jarohat sabab barbod bo‘lganidan so‘ng ko‘pchilik uning Osiyodagi faoliyatiga ham shubha bilan qarayotgandi. “Vilyarreal”da biz ko‘rishga o‘rganganimiz Kasorlani ko‘ra olmadik.

Al Xaydos va Bunedjaning ko‘magi bilan u Qatarda ikkinchi yoshligini o‘tkazmoqchidek ko‘rinmoqda.

Abdilrazzoq Hamdallah

Marokashlik hujumchi Saudiya Pro-ligasida 34 ta gol kiritib, to‘purarga aylandi. Na Al Soma va na Gomis unga eta olmadi. U asta-sekin Osiyo Chempionlar Ligasida ham rekordlar qayd etib kelmoqda. Hamdallah 4 ta klub safida OChL doirasida gol urgan tarixdagi birinchi futbolchiga aylandi: 2015 yilda “Guanjou”, 2016 yilda “Al Jaish, 2018 yilda “Al Rayyan va nihoyat hozirgi klubi “Al Nassr” safida.

Piti Martinesning jamoaga qo‘shilishi uning asosiy tarkibdagi o‘yinining yanada mustahkamlanishiga sabab bo‘ldi, xolos.

Igor Koronado

“Sharja”ning timsoliga aylanib borayotgan legioner BAA chempionatini jarohat tufayli ancha muddat o‘tkazib yubordi.

28 yoshli futbolchi Amirliklar Pro-ligasida 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, 24 ta gol va 21 ta assist amalga oshirishga erishdi. 

Sobiq “Palermo” futbolchisi jarohati sabab OChLda dastlabki ikki turni o‘tkazib yubordi. “Al Duxayl”ga qarshi uchrashuvda mavsumdagi birinchi uchrashuvini o‘tkazishi kutilmoqda.  U va Vellinton raqib himoyachilariga anchagina qiyinchilik tug‘dirishi aniq.

Mehdi Gaedi

18 yoshida “Istiqlol”ga ko‘chib o‘tganidan so‘ng Mehdi katta o‘sishga erishdi. Bugun u Osiyoning eng iqtidorli futbolchilaridan biri hisoblanadi. 20 yoshli futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatida u nimalarga qodirligini ko‘rsatib qo‘ygan edi. 

Eron milliy chempionatida u 8 ta assist bilan eng yaxshi natijani qayd etdi. Shuningdek, u jamoasiga g‘alaba keltirgan 4 ta gol muallifiga aylandi va bu borada ham forslar birinchiligida etakchi bo‘ldi. 

Uning iste’dodini “Al Rayyan”ga qarshi o‘yinda (5:0) ham ko‘rishga muvaffaq bo‘ldik. 

Gaedi

Dragan Cheran

“Paxtakor”ning serbiyalik legioneri jamoa o‘yinini rostdan ham o‘zgartira oldi. 2018 yilda “Nasaf”dan poytaxt klubi safiga o‘tganidan buyon “sherlar”ning asosiy futbolchilaridan biri bo‘lib kelmoqda. Joriy mavsumda 13 ta gol va 4 ta assist bilan O‘zbekiston Superligasining to‘purari bo‘lib turibdi.

Igor Sergeev va Jaloliddin Masharipovning ko‘magi bilan Cheran “Paxtakor” hujumini super darajaga olib chiqa oladi.

Cheran 1

“The-afc.com” saytidan Abdulvosid Valixonov tarjimasi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!