
Kataloniyaliklar “Siti” yulduzini “Barsa”ga kelishga ko‘ndirdi
“Barselona” kelasi mavsum oldidan tarkibini tajribali ijrochilar bilan kuchaytirishni rejalashtirmoqda.
Kataloniya klubi mutasaddilari ana shu maqsadda “Manchester Siti” sardori Ilkay Gyundog‘anni “Barsa” safiga qo‘shilishga ko‘ndirdi.
Todofichajes nashrining ma’lum qilishicha, 32 yoshli germaniyalik futbolchi 1+1 ko‘rinishida shartnoma imzolaydi. Gyundog‘an avvaliga bir mavsum uchun kafolatlangan 10 million evro olishini ma’lum qilgandi. Muzokaralar natijasida bu summa 7,5 million evroga pasaytirildi.
Biroq, futbolchi natijalariga qarab, bonuslar ishlab olishi va ana shunday maoshi 10 million evrogacha ko‘tarilishi mumkinligi belgilandi.
Fikrlar