Kazemiro qaerda o‘ynashi hal bo‘ldi

  • 22.05.2026 07:26
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Kazemiro “Inter Mayami”ga o‘tish bo‘yicha muzokaralarning yakuniy bosqichida turibdi, deb xabar bermoqda jurnalist Fabrizio Romano o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Futbolchi jamoaga o‘tish va Lionel Messining jamoadoshiga aylanish istagini katta darajada bildirmoqda. Erkin agent sifatidagi bepul transfer APLning so‘nggi turidan keyin yakunlanishi kerak.

Avvalroq Kazemiro mavsum yakunida shartnoma muddati tugagach, “Manchester Yunayted”ni tark etishi xabar qilingan edi. Shuningdek, futbolchi Braziliya terma jamoasining 2026 yildagi jahon chempionati uchun qaydnomasiga kiritilgan.

Futbolchi 2022 yilda Madriddning “Real” klubidan “Manchester Yunayted”ga o‘tgan edi. Joriy mavsumda Kazemiro manchesterliklar safida 35 ta o‘yinda qatnashib, to‘qqizta gol va ikkita golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirdi. Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 8 million evroni tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!