Kazemiro: "Real"ga Ronaldu etishmayapti

  • 24.03.2019 16:07
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Real" Madrid klubi yarim himoyachisi Kazemiro "Yuventus"ga ko‘chib o‘tgan sobiq jamoadoshi Krishtianu Ronaldu haqida gapirib o‘tdi.

“Real”ga Krishtianu etishmayapti. Faqat bizgagina emas, har qanday jamoada bo‘lgani kabi. Axir u dunyoning eng yaxshi futbolchisi. U bilan birga o‘ynash esa haqiqiy rohat bag‘ishlardi. Lekin endi u boshqa jamoa futbolchisi”, - deydi braziliyalik futbolchi.

Ma’lumot uchun, Ronaldu 2009-2018 yillarda “Real” sharafini himoya qilgan. U “qirollik klubi” safida jami 475ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga 486ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!