
Kellini "Yuventus" safida 500ta o‘yin o‘tkazgan 5-futbolchi bo‘ldi
Turinning “Yuventus” klubi himoyachisi Jorjo Kellini kecha “Atletiko”ga (3:0) qarshi bo‘lib o‘tgan EChL 1/8 final javob bahsida ishtirok etdi.
E’tiborlisi, bu 34 yoshli italiyalik futbolchi uchun “keksa sinora” safidagi yubiley 500-o‘yin bo‘ldi. Ta’kidlash kerakki, bungacha “Yuve” safida 500talik dovondan faqatgina 4ta futbolchi bor edi: Alessandro Del Pero, Janluiji Buffon, Gaetano Shirea va Juzeppe Furino.
Ma’lumot uchun, Kellini “Yuventus” safida 2004 yildan buyon to‘p surib kelmoqda.
Fikrlar