Kevin Andersonga “New York Open – 2018”da hech kim bas kela olmadi
AQShda o‘tkazilgan “New York Open – 2018” turnirining yakkalik bahslarida g‘oliblar nomi aniq bo‘ldi.
Sovrin jamg‘armasi 748.450 AQSh dollari bo‘lgan musobaqaning finalida JAR vakili Kevin Anderson mezbon tennischi Sem Kuerriga qarshi kortga chiqdi.
Mazkur bahsda Kevin 4:6, 6:3, 7:6 hisobida zafar quchib, musobaqa bosh sovrinini qo‘lga kiritdi.

Izohlar (0)