
Keyingi mavsumda "Barselona"ning sardori bo‘lishga 5 nafar nomzod bor
"Barselona" muxlislari Mark-Andre ter Shtegenni jamoa sardori bo‘lishini xohlashadi.
Serxio Buskets va Xordi Alba mavsum yakunida jamoani tark etishi sababli Serxio Roberto "ko‘k-anorranglilar"ning yangi sardori bo‘lishi kerak. Biroq, u muxlislar orasida mashhur emas.
"Mundo Deportivo" nashri o‘quvchilarining fikricha, nemis darvozaboni "Barselona"ning doimiy sardori bo‘lishi kerak. Ter Shtegen hozirgacha so‘rovnomada 47,16% ovoz olgan.
Ikkinchi o‘rinda himoyachi Ronald Araujo, unga respondentlarning 26,37 foizi ovoz bergan. Kuchli uchlikni Frenki de Yong (6,62%) yopadi.
Shuningdek, Serxio Roberto (6,31%) va Robert Levandovski (5,25%) nomzodlardan biri.
Oldinroq Levandovski va Arauxo "Barsa"ning yangi sardori bo‘lishi mumkinligi xabar qilingandi.
Fikrlar