Keyn "Chelsi"ga qarshi bellashuv haqida gapirdi

  • 16.09.2025 23:45
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol

"Bavariya" hujumchisi Xarri Keyn Chempionlar ligasi umumiy bosqichining birinchi turida "Chelsi"ga qarshi bo‘ladigan o‘yin haqida fikr bildirdi.

- O‘zimizni yaxshi his qilyapmiz. "Chelsi"ni engmoqchi bo‘lsak, bor kuchimizni ko‘rsatishimiz kerak. Bizni ajoyib o‘yin kutmoqda, - dedi Keyn matbuot anjumanida.

"Bavariya" va "Chelsi" o‘rtasidagi o‘yin 17 sentyabrdan 18 sentyabrga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadi. 

Ma’lumot uchun, "Bavariya" o‘tgan uch turda to‘qqiz ochko to‘plab, Bundesligada peshqadamlik qilmoqda. "Chelsi" esa 8 ochko bilan APL turnir jadvalining 5-pog‘onasida bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!