Keyn Gollandiya terma jamoasiga qarshi bahsda ishtirok etishi mumkin

  • 17 may, 2019, 09:32
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt UEFA Millatlar ligasi yarim final bosqichida ishtirok etuvchi kengaytirilgan tarkibni e’lon qildi.

Darvozabonlar: Jordan Pikford («Everton»), Jek Batlend («Stok Siti»), Tom Xiton («Bernli»).

Himoyalilar: Denni Rouz, Kiran Tripper («Tottenxem»), Trent Aleksander-Arnold, Jo Gomes («Liverpul»), Jon Stounz, Kayl Uoker («Manchester Siti»), Ben Chiluell, Xarri Maguayr («Lester»), Maykl Kin («Everton»).

Yarim himoyachilar: Dele Alli, Erik Dayer, Xarri Uinks («Tottenxem»), Ross Barkli («Chelsi»), Jessi Lingard («Manchester Yunayted»), Fabian Delf («Manchester Siti»), Jordan Xenderson («Liverpul»), Deklan Rays («Vest Xem»), Jeyms Uord-Prouz, Natan Redmond («Sautgempton»).

Xujumchilar: Markus Reshford («Manchester Yunayted»), Xarri Keyn («Tottenxem»), Jeydon Sancho («Borussiya Dortmund»), Raxim Sterling («Manchester Siti»), Kallum Uilson («Bornmut»).

Eslatib o‘tamiz, UEFA Millatlar ligasi yarim final bosqichi doirasida Gollandiya terma jamoasi Angliya bilan, Shveytsariya Portugaliya bilan o‘zaro kuch sinashishadi. Bellashuvlar 5 va 6 iyun kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda.

Ma’lumot uchun, "Tottenxem" klubi sardori "Manchester Siti"ga qarshi bo‘lib o‘tgan EChL chorak final bahsida jarohat olgan edi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!