
Keyn Mbappening o‘rnini egallashdan bosh tortdi
PSJ mutasaddilari Kilian Mbappe o‘rniga yangi hujumchi qidirmoqda. Parijliklar 24 yoshli to‘purar ketishi bilan, o‘rniga Harri Keynni olib kelmoqchi edi.
Taniqli jurnalist Kristian Falkning yozishicha, 29 yoshli angliyalik forvard Frantsiyaga ko‘chib o‘tishdan bosh tortdi.
Manbaga ko‘ra, Harri Keyn “Tottenxem”ni tark etadigan bo‘lsa, faqat “Bavariya”ga ko‘chib o‘tish bo‘yicha bir qarorga kelib bo‘lgan.
Myunxenliklarning hujumchi bo‘yicha ikki taklifi qabul qilinmadi.
PSJ vakillari “Tottenxem”ga Keyn uchun 100 million evro to‘lashga tayyorligini bildirdi. Bu summa londonliklarni qoniqtiradi. Biroq, Keynning o‘zi jamoa tanlash huquqiga ega.
Fikrlar