Keyn: "Men jismoniy va ruhiy jihatdan o‘zimni har qachongidan ham yaxshiroq his qilyapman"
"Bavariya" hujumchisi Xarri Keyn o‘zining hozirgi holati haqida gapirdi.
"Jismoniy va ruhiy jihatdan o‘zimni har qachongidan ham yaxshiroq his qilyapman. Bu jamoada imkoniyatlarim bo‘lishini bilaman. Menga faqat ulardan unumli foydalanish va bugungidek gollar urishni davom ettirish kerak", – deya ta’rif berib o‘tdi "Bavariya" hujumchisi.
Ma’lumot o‘rnida, kecha Myunxen klubi Chempionlar ligasi guruh bosqichining 1-turida "Chelsi"ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Angliyalik forvard dubl qayd etib, uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.
Fikrlar