Kilian Mbappe tarixga kirdi

  • 19.12.2022 09:05
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol

Kilian Mbappe finalda Argentinaga qarshi o‘yinda 3 ta gol urdi. Shu tariqa, u jahon chempionati tarixida finalda xet-trik qayd etgan ikkinchi futbolchiga aylandi.

Bungacha, faqat 1966 yilda Joeff Xerstning Angliya - Germaniya uchrashuvida amalga oshirgan xet-trigi yagona bo‘lib turgandi.

Ma’lumot o‘rnida, Mbappe ushbu mundialda 8 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!