Kilian Mbappe yangi mojaroga aralashib qoldi
Shu bola ham hech tinch yurmaydi
«Real» hujumchisi Kilian Mbappe yana bir mojaro markazida qoldi. Bu haqida insayder Serxio Valentin o‘z ijtimoiy tarmoqlarida ma’lum qildi.
Fransiya terma jamoasi safida tizzasidan jarohat olgan Mbappe shifo va tiklanish uchun klubning sport bazasiga — «Real» joylashgan shaharga uchib kelmadi. U bevosita Parijga yo‘l olgani aytilmoqda. Fransiya poytaxtida esa Kilian restoranga borishga va qiz do‘sti bilan romantik uchrashuv o‘tkazishga ham ulgurgan.
Madrid klubida futbolchining bunday xatti-harakatidan juda norozi ekani ta’kidlanmoqda. Rahbariyat fikricha, Mbappe «Qirollik klubi» futbolchisi sifatidagi mas’uliyatini to‘liq his etmayotir. Insayderlar bu kabi vaziyat ilk marta kuzatilayotganini yo‘qligini eslatmoqda. «Real» muxlislari va rahbariyatining sabri tugab borayotgani, agar vaziyat takrorlansa, futbolchiga nisbatan intizomiy choralar qo‘llanilishi mumkinligi aytilmoqda.
Izohlar (0)